"Best pipe and parts" AJ ("UZ DONGWON CO" QK) aksiyadorlik jamiyati 1996 yil 27 dekabrda “GM-Uzbekistan” AJ avtomobillari uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishi Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun susturucular, zarbaga chidamli eshik to‘sinlari va kuzov qismlari ishlab chiqarishdan iborat. Korxona “Daewoo Corporation” va “Dong Won Metal” kompaniyalari tomonidan yetkazib berilgan texnologik uskunalar bilan jihozlangan.