O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-oktabrdagi PQ-1213-son qarori bilan Investitsiya dasturiga “GM Uzbekistan” AJ avtomobillari uchun ovoz o‘tkazmaydigan qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha zavod tashkil etish kiritilgan edi. Loyihaning taʼsischilari “Oʻzavtosanoat” AJ va HANWOOGLOBAL kompaniyalari teng ulushga ega boʻldilar. Shunday qilib, O‘zbekiston avtomobil sanoatida yangi korxona – Andijon shahrida joylashgan “Uz-Xanvu” mas’uliyati cheklangan jamiyati paydo bo‘ldi.