Ish maʼlumotlari

Ehtiyot qismlarni sotish direksiyasi, “Hududiy omborni boshqarish” bo‘limi Farg‘ona ombori ‘‘Ombor ichidagi yuklarni qayta ishlash ishchisi’’ (10.06.2026y) - "UzAuto Motors" AJ

Yuborilgan sana: Jun 10, 2026

Ish izohi

“UzAuto Motors” AJ Ehtiyot qismlarni sotish direksiyasi “Hududiy omborni boshqarish” bo‘limi, Farg‘ona omboriga ‘‘Ombor ichidagi yuklarni qayta ishlash ishchisi” lavozimiga zahira shakllantirish maqsadida tanlov taklif qilamiz.

Аsosiy vazifalari:

  • Ehtiyot qismlar va kuzovlarni yuklash, tushirish, taxlash va tashish ishlarini amalga oshirish;
  • Omborga yetkazib berilayotgan ehtiyot qismlarni qabul qilish;
  • Katta va og‘ir ehtiyot qismlarni qo‘lda yoki ko‘tarish mexanizmlari yordamida taxlash;
  • Eksportga jo‘natilayotgan ehtiyot qismlarni qadoqlash uchun topshirishdan oldin tanlash va ularning holatini tekshirish;
  • Ombordagi ehtiyot qismlarni keyingi partiyalar uchun tartibga solish;
  • Omborda ishlatiladigan asboblarni tozalash va moylash.

Таlаblаr:

  • Ma’lumoti: O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli;
  • Yashash manzili: Farg‘ona shahridan bo‘lishi maqullanadi;
  • Til ko‘nikmalari: o‘zbek tillarida ravon ham og‘zaki ham yozma bilishi;
  • Ehtiyot qismlarning terminlarini, turlarini va hususiyatlarini tushunishi;
  • Avtomobil ehtiyot qismlarining nomlari va umumiy tavsiflari bilan ishlashni;
  • Jinsi: erkak;
  • Yoshi: 20 yoshdan 50 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushinishi kerak.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Mehnat ta’tili;
  • Maxsus uniforma;
  • Tibbiy ko‘rik va malaka oshirish kurslari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish vaqti: Ish grafik asosida;
  • Ish joyi: Farg‘ona shahar, Beshbola.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Farg'ona shahri, Fargona viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    O'rta
  • gacha qoʻllash
    Jul 10, 2026

Google Xarita

Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy