Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan “Auto Spring Components” MСhJga "Muhandis-texnolog" lavozimiga (15.12.2025y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.
Vazifalari:
Yangi loyihalar, texnologik o‘zgarishlar va takomillashtirish ishlari uchun tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda jarayon oqim diagrammalari (PFD), jarayon nosozlik turlari va ta’sir tahlili (PFEMA), jarayon nazorat rejasi (PCP) va standart ish yo‘riqnomalari (SWI)larni ishlab chiqish, hujjatlashtirish, kelishish va yangilab borish.
Bo‘lim boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan tekshirish (audit) jadvali asosida mahsulot va jarayonlarni tekshirish (PCP auditini o‘tkazish) va natijalar to‘g‘risida hisobot taqdim etish.
Mavjud texnologik hujjatlarni (2.1-bandda ko‘rsatilgan) ishlab chiqarish rejimi o‘zgarishi yoki takomillashtirish choralari asosida yangilash va o‘zgartirishlar kiritish, ularni tegishli bo‘limlar bilan kelishish.
Ishlab chiqarish jarayonlarida texnologik tartib-intizomga (standart ko‘rsatmalar, parametrlar, asbob-uskunalar sozlashlari) rioya qilinishini nazorat qilish, aniqlangan har qanday nomuvofiqliklar yoki buzilishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i va tegishli ishlab chiqarish rahbariga xabar berish.
Sifat bo‘limi va ishlab chiqarish bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan brak mahsulot tahlilini qiladi, texnologik jarayon bilan bog‘liq sifatsiz mahsulotlarning sabablrini o‘rganadi va brak ishlab chiqarishning oldini olish hamda jarayon xavflarini kamaytirish bo‘yicha choralar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Mahsulotlar uchun xom ashyo, materiallar va qismlarning sarf me’yorlarini hisoblash, ishlab chiqish va tasdiqlash. O‘zgarishlar yuzaga kelganda me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish.
Yangi texnologik liniyalar, yangi loyihalar, yangi xom ashyo materiallari, yangi dastgohlar, qoliplar loyihalashtirish va joriy etishda ishtirok etadi va ularning ishga tushirilishi va sozlash jarayonlarida texnik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatadi.
Tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda mahsulot sinovlari va nazorat usullarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ishlab chiqarish quvvatlarini baholash va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan texnologik ma’lumotlarni taqdim etish va hisob-kitoblarda ishtirok etish.
Mehnat sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kaizen (doimiy takomillashtirish) tadbirlarida ishtirok etish.
Korxonaning boshqa bo‘limlari bilan bo‘limlararo ishchi guruhlarda ishtirok etish va texnologik masalalar bo‘yicha maslahatlar berish.
Talablar:
Oliy texnik maʼlumot;
Til koʼnikmalari: rus, ingliz tillarida erkin muloqot hamda hujjatlar bilan ishlay olish;
Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar oʼtkaza olishi;
Hujjatlar (bayonnomalar, shartnomalar, rasmiy yozishmalar va x.k.) bilan ishlashda yuksak mahoratli boʼlishi;
Kompyuter dasturlari, MS Office, NX, AutoCAD, CATIA V5 da professional darajada foydalana olishi;
Xizmat safarlariga chiqa olishi;
Yangi loyihalar boʼyicha ishlay olishi.
Texnik chizmalarni 2D va 3D toʼlaqonli tushinish xamda AutoCAD, CATIA V5, va Siemens NX chizmalar tayyorlay olishi.
Xalqaro standartlar va qoʼyilgan talablarni oʼrganib chiqqan holda mahsulotga sinov reja yarata olishi.
Аvtomobilning asosiy qismlari boʼyicha maʼlumotga ega boʼlishi ( Kuzov, Eksterьer, Interьer, Shassi ).
Аvtomobil sanoatida tajribaga ega boʼlishi maʼqullanadi.
Yoshi: 22-30 yoshgacha.
Mehnat sharoitlari:
Ijtimoiy paket;
Uniforma, issiq ovqat;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʻminlash;