Ish maʼlumotlari

Qoʻriqchi (ayol) (06.05.2026y.) - "Oʻz Dong Yang Kompani" MChJ QK

Yuborilgan sana: May 05, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QKga “Qoʻriqchi (ayol)” lavozimiga (06.05.2026y.) (zaxira shakllantirish maqsadida) tanlovga taklif qilamiz.

Vazifalari:

  • Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilish;
  • Oʻz kasbini mahoratini takomillashtirish, rejalashtirilgan oʻquv va sport mashgʻulotlarida ishtirok etish va belgilangan jismoniy me’yorlarni bajarish;
  • Obyektni ishonchli himoya qilish va obyekt ichida xavfsizlik tizimini ta’minlash, obyektda sodir boʻlgan nojoʻya xatti-harakatlar va tartib buzarliklar haqida bevosita rahbarini xabardor qilish;
  • Qoʻriqlanayotgan obyektga mumkin boʻlgan xavfni oldini olish uchun obyektdagi va uning atrofidagi vaziyat toʻgʻrisida ma’lumotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va umumlashtirib bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish;
  • Qoʻriqlanayotgan obyektni yongʻindan xabar berish qurilma signalizatsiyasi ishlaganda uning ishlash sabablarini aniqlash choralarini koʻrish;
  • Korxona sirlarini tarqatmaslik va tarqalishini oldini olish;
  • Professional axloqqa qatʼiy rioya qilish, ziddiyatli vaziyatlarni chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, ishchi xodim va rahbar xodimlar bilan samimiy munosabatda boʻlish, qoʻpol muomala qilmaslik, hushmuomala, mehnatsevar boʻlishi, jamoa bilan birgalikda ishlay olishligi kerak.                                          
  • Uning nazoratida aniqlangan kamchiliklar muammolarni bartaraf etish uchun oʻz vaqtida chora-tadbirlar qilish; (bevosita boshligʻiga eskalatsiya qilish)
  • Yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va aniq bajarishi, hamkasblariga hushmuomala va mehnatsevar boʻlish;
  • Lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan xizmat majburiyatlarini talab darajada bajarmaganligi yoki bajarmasligi uchun, korxona faoliyatiga va moliyaviy holatiga bogʻliq maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi uchun, oʻz vazifasini bajarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun, korxonaga moddiy ziyon yetkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunlarida  belgilangan tartibda javobgarlikni bilishi shart.

Talablar:

  • Oʻrta yoki oʻrta-maxsus;
  • Tizim korxonalarida ishlagan boʻlsa ma’qullanandi;
  • Jismonan sogʻlom boʻlishi lozim;
  • Sport yoʻnalishi boʻyicha diplom, sertifikat va guvohnomaga ega boʻlsa ma’qullanadi;
  • Jinsi: Ayol;
  • Yoshi: 40 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushunishi kerak.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Issiq ovqat va maxsus kiyim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish bilan taminlash;
  • Ish haqi: Shtat jadvaliga asosan;
  • Ish joyi: “Uz Dong Yang Kompani” MCHJ QK, Andijon shahri, Industrial koʻchasi, 4-uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
  • Smena
    Smenali
  • Martaba darajasi
  • Ish tajribasi
    Bir yildan ko'p
  • Jinsi
    Ayol
  • Daraja
    O'rta
  • gacha qoʻllash
    May 08, 2026

Google Xarita

г. Андижан, Индустриальная 4
Boʻsh ish oʻrinlari
Barchasini ko‘rish
Biz bilan bogʻlaning
Asaka tumani Xumo ko'chasi 81-uy