Ish maʼlumotlari

Rejalashtirish bo‘limining “Iqtisodchi" lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz. - "Auto Spring Components" MChJ

Yuborilgan sana: Aug 19, 2026

Ish izohi

 

Ish izohi

 

"Auto Spring Components" MCHJ  (Andijon t) Rejalashtirish bo‘limining “Iqtisodchi" lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.

 

  • Ta'lim va malaka:
    - Oliy ma’lumot: iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi, menejment, ishlab chiqarishni boshqarish yoki turdosh yo‘nalishlar.

- Ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodchi sifatida ish tajribasiga ega bo‘lishi afzal.

- Ishlab chiqarish korxonasining iqtisodiy-rejalashtirish faoliyati, tannarx, xarajatlar va mahsulot ishlab chiqarish rejasini shakllantirish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish.

-Iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olish.

- O‘zbekiston Respublikasining mehnat, soliq va iqtisodiy faoliyatga oid asosiy qonunchilik hujjatlaridan xabardor bo‘lish.

 

  • Dasturiy ta' minot bo' yicha bilimlar:
    - Microsoft Excel dasturini yaxshi darajada bilish: formulalar, funksiyalar, saralash, filtrlash, diagrammalar, Pivot Table va ma’lumotlarni tahlil qilish.

- Microsoft Word, PowerPoint dasturlarida ishlay olish.

- 1C va/yoki korxonada qo‘llaniladigan ERP/MRP tizimlarida ishlash ko‘nikmasi.

- Elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish.

- Katta hajmdagi ma’lumotlarni elektron jadvallar yordamida qayta ishlash va tahlil qilish.

 

  • Texnik ko'nikmalar va bilimlar:
    - Ishlab chiqarishning oylik, choraklik va yillik rejalarini shakllantirishda ishtirok etish.

- Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi, ish haqi fondi, materiallar sarfi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash.

- Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni tahlil qilish.

- Reja va amaldagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash, og‘ishlarni aniqlash va sabablarini tahlil qilish.

- Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini hisoblash.

- Xarajatlarni optimallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

- Iqtisodiy hisobotlar, tahliliy ma’lumotnomalar va rahbariyat uchun taqdimotlar tayyorlash.

- Detallar va avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish jarayonining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tushunish.

-Normativ kalkulyatsiyalar, material va mehnat resurslari sarfi me’yorlari bilan ishlash.

Shaxsiy sifatlar:
- Yetakchilik qobiliyati va jamoa bilan ishlash ko'nikmalari.
- Muammolarni hal gilish va qaror qabul qilish qobiliyati.

  • Qo' shimcha talablar:
     

- O‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini ish faoliyati doirasida bilish.

- Ingliz tilini bilish — qo‘shimcha ustunlik.

- Ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodchi/rejalashtiruvchi sifatida tajriba — afzallik.

- Avtomobilsozlik, metall quyish yoki mexanik ishlov berish korxonalarida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.

-Excel bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajara olish.

- Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida mustaqil iqtisodiy tahlil qila olish.

- Zarur hollarda korxonaning ishlab chiqarish sexlari va boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlikda ishlashga tayyor bo‘lish.

 

  • Mehnat sharoitlari:
    - Ish vaqti korxonaning ichki mehnat tartibi va tasdiqlangan ish jadvaliga muvofiq.

-Asosiy ish joyi — ofis/ma’muriy bino; zaruratga ko‘ra ishlab chiqarish hududlari va sexlarda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish.

- Ishlab chiqarish bo‘linmalari, buxgalteriya, moliya, ta’minot va boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan doimiy hamkorlik.

- Lavozim bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

- Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va korxonaning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.

- Mehnatga haq to‘lash va boshqa ijtimoiy shartlar korxonaning amaldagi ichki hujjatlari hamda mehnat shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

- Ish joyi: Andijon tumani, Teraktagi MFY, Teraktagi ko‘chasi 655-uy.

 


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon tumani, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Шартнома
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Aug 31, 2026

Google Xarita