"AUTO RUBBER" MCHJ (Andijon sh) "Yuqori havozalik kran mashinisti" lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.
Таlаblаr:
Tegishli kasbiy ta’lim yoki kran mashinisti bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi;
Ko‘prikli kranlarni boshqarish bo‘yicha tegishli malaka va amaldagi ruxsat hujjatlariga ega bo‘lishi;
26 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega kranni boshqarish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi ma’qul;
Yuklarni xavfsiz ko‘tarish, tushirish va belgilangan joyga ko‘chirish qoidalarini bilishi;
Yuk ko‘tarish moslamalari, strop va ilgaklardan to‘g‘ri foydalanishni bilishi;
Mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi;
Kranning texnik holatini ish boshlashdan oldin tekshirish hamda nosozliklarni aniqlaganda mas’ul shaxsga xabar berish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
Diqqatli, mas’uliyatli va intizomli bo‘lishi;
Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va mazkur ishni bajarishga sog‘lig‘i bo‘yicha yaroqli bo‘lishi.
Аsosiy vazifalari:
26 tonnalik ko‘prikli kranni belgilangan tartibda boshqarish;
Ishlab chiqarish hududida yuklarni xavfsiz ko‘tarish, tushirish va ko‘chirish;
Yuklarni ko‘tarishda yuk ko‘tarish quvvati va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish;
Ish joyi va kranning soz holatini ta’minlash;
Aniqlangan nosozliklar va xavfli vaziyatlar haqida rahbariyatga xabar berish.