Ish maʼlumotlari

“Ishlab chiqarish” bo‘limi yig‘uv liniyasi muhandisi - "Auto Rubber" MChJ

Yuborilgan sana: Oct 26, 2026

Ish izohi

Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan “AUTO RUBBER” MCHJga  "Ishlab chiqarish" bo'limi yig'uv liniyasi muhandisi lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.

Vazifalari:

  • Har oylik ishlab chiqarish rejasini tayyorlash va barcha ishlab chiqarish uchastkalari yetkazish;
  • Ishchi xodimlarni Mehnat muhofazasi va Xavfsizlik Texnikasi talablariga to‘liq rioya qilishni nazorat qilish;
  • Kunlik ishlab chiqarish rejasini tayyorlash va rejani bajarilishini nazorat qilish.
  • Ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan tayyor mahsulotlar hisobini hisobot tarzda yuritish va nazorat qilish;
  • Smena almashish jarayonlarini ko‘rib borish va amal qilishni nazorat qilish;
  • Ishlab chiqarishda chiqayotgan mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish;
  • Tegishli ishchilarga vazifalarni to‘g‘ri va optimal taqsimlashni nazorat qilish;
  • Mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashkil etilgan majlislarda ishtirok etish;  
  • Korxonaning texnik va moliyaviy sirlarini oshkor qilmaslik.

Talablar:

  • Ma’lumoti: Oliy;
  • Til ko‘nikmalari: Rus tilini bilishi maʼqullanadi;
  • Kompyuter dasturlaridan foydalana olishi (Word, Excel, 1C) dasturlarida mukammal bilishi lozim;
  • “Microsoft Excel”, “Microsoft Word”, “1C – dasturi ” va   internet dasturlarida ishlash ko‘nikmalariga xamda tajribaga ega bo‘lish;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 25 yoshdan 40 yoshgacha;
  • Korxona siyosati, prinsiplari, strategiyalarini tushinish kerak;
  • BIQS elementlari talablarini bilishi lozim.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Maxsus uniforma, issiq ovqat,bepul transport(Andijon shahri bo'ylab);
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
  • Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish joyi: Andijon shahar  Boburshox kucha 73 uy.


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Шартнома
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Erkak
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Oct 31, 2026

Google Xarita