Ish maʼlumotlari

Yangi loyihalar, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo'limi Loyiha menejeri - "Auto Rubber" MChJ

Yuborilgan sana: Aug 24, 2026

Ish izohi

"AUTO RUBBER" MCHJ (Andijon sh) "Loyiha menejeri" lavozimiga zaxira shakllantirish maqsadida tanlovga taklif qilamiz.

Таlаblаr:

  • Ma’lumoti: Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Jinsi: Erkak;
  • Yoshi: 23 yoshdan 35 yoshgacha;

Аsosiy vazifalari:

  • Korxonaning yangi loyihalarini ishlab chiqish, rejalashtirish, amalga oshirish va yakuniga yetkazish jarayonlarini muvofiqlashtirish
  • Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish, mahalliylashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni tashkil etish va boshqarish.
  • Loyihalarning maqsadi, vazifalari, amalga oshirish muddatlari, zarur resurslari va kutilayotgan natijalarini belgilashda ishtirok etish.
  • Yangi mahsulot, xomashyo, material, butlovchi qismlar va texnologiyalarni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli takliflar ishlab chiqish.
  • Mahalliy va xorijiy hamkorlar, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa tashkilotlar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
  • Loyiha doirasida ishlab chiqarish, xarid, ta’minot, logistika, sifat, moliya, texnologiya va boshqa bo‘limlar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish.
  • Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, yangi mijozlar va yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish.
  • Loyiha hujjatlari, tijorat va texnik ma’lumotlarning maxfiyligi hamda saqlanishini ta’minlash.
  • Ingliz tilini bilishi majburiy
  • Xitoy tilini bilishi ma'qullanadi


Talab qilingan mahoratlar

Oʻxshash vakansiyalar

Ish maʼlumotlari

  • Manzil
    Andijon shahri, Andijon viloyati
  • Kompaniya
  • Tur
    Тўлиқ иш куни (Доимий)
  • Smena
    Kunduzgi
  • Martaba darajasi
    Тажрибали профессионал
  • Ish tajribasi
    3 yildan ko'p
  • Jinsi
    Ahamiyatsiz
  • Daraja
    Bakalavr
  • gacha qoʻllash
    Aug 26, 2026

Google Xarita